SportUz.Net

Ronaldu MYUning mart oyidagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi

26.03.2022 19:00    


Rasmni yuklab olish

Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted"ning mart oyidagi eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi.

37 yoshli forvard ovozlar soni bo'yicha vinger Jeydon Sancho va yarim himoyachi Freddan o'zib ketdi.

Portugaliyalik mart oyida MYU tarkibida 2ta o'yin o'tkazdi. U "Tottenxem" (3:2)ga qarshi APL doirasidagi o'yinda xet-trik qayd etdi, "Atletiko" (0:1)ga qarshi CHempionlar Ligasi 1/8 final o'yinida esa raqib darvozasi tomon zarba bera olmadi.

Ronaldu bunga qadar "Manchester Yunayted"ning sentyabr va oktyabr oylarida eng yaxshi deb topilgan edi.

Futbolchi joriy mavsum MYU tarkibida barcha musobaqalarda 33ta o'yinda maydonga tushib, 18ta gol va 3ta assist qayd etdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: