SportUz.Net

Bellator 276. Rabadanovda g'alaba va boshqa natijalar + FOTOGALEREYA

13.03.2022 16:40    


Rasmni yuklab olish

Xabar berganimizdek, bugun AQSHning Missuri shtati Sent-Luis shahrida navatdagi Bellator turniri bo'lib o'tdi.

Bellator 276 oqshomi doirasida bir-biridan qiziqarli janglar bo'lib o'tdi. Rossiyalik 29 yoshli MMA ustasi Gadji Rabadanov Yangi Zelandiya vakili Jey Jey Uilsonni uch raundlik jang yakunida ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi.

Rabadanovning burchagida Xabib Nurmagomedovning murabbiyi Xaver Mendes hamda engil vazn toifasi vakili Islam Maxachevni ko'rish mumkin edi.  

Oqshomning markaziy jangida esa vengriyalik Adam Borich daniyalik Mads Bernellga qarshi oktagonga ko'tarildi. Besh raund to'liq davom etgan jang yakunida Borich ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozonib, yarim engil vazn toifasida Bellator chempionlik kamari uchun rasmiy davogarga aylandi.  

Kechaning ko-meynivent jangida yarim og'ir vaznda sobiq Bellator chempioni Fil Devis Julius Englikasdan ochkolar hisobida ustun keldi. Bu uning ligadagi ketma-ket ikkinchi g'alabasi bo'ldi. 

Bugungi oqshomda rossiyalik MMA go'zali Diana Avsaragova ham o'z jangini o'tkazdi. 23 yoshli Avsagarova amerikalik Kira Batarani 30-27, 30-27, 30-27 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

SHuningdek, bugun Aleks Polizzi, Romero Kotton, Kodi Lou, Roman Faraldo, Jordan Govard va Niko Alkaraz raqiblarini muddatidan avval mag'lub etib, navbatdagi g'alabalarini tantana qilishdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: