SportUz.Net

Ahliddin Mirzadavlatovning navbatdagi raqibi va jang sanasi aniq bo'ldi

01.05.2025 19:36    


Rasmni yuklab olish

Engil vazn toifasidagi o'zbekistonlik MMA jangchisi Ahliddin Mirzadavlatovning keyingi jangi tafsilotlari malum.

34 yashar hamyurtimiz 11 may kuni Toshkent shahridagi "Humo arena" majmuasida tashkil etiladigan Octagon 72 turnirida qatnashadi.

Hamyurtimizga musobaqa doirasida braziliyalik Lusiano Palxano raqib bo'ladi. 

Octagon 72 turnirining markaziy jangi Liga chempioni, o'zbekistonlik Doston Bozorov hamda Tojikiston vakili Fazliddin Madrahimov o'rtasida kechadi.

Malumot uchun, Ahliddin Mirzadavlatov faoliyati davomida 14 ta jang o'tkazib, 11 ta g'alaba, 2 ta mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. 38 yoshli Lusiano Palxano hisobida esa 18 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat mavjud.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: