Tashkilot axborot xizmati turnirdan o'rin olgan navbatdagi jangni rasman elon qildi.
Unga ko'ra, engil vazn toifasi reytingida beshinchi o'rinni egallab turgan o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Amirxon Alixo'jaev ushbu musobaqa doirasida oktagonga ko'tariladi. 26 yoshli hamyurtimizga "Humo Arena" mezbonligidagi turnirda braziliyalik Manuel dos Santos raqiblik qiladi.
Oqshomning markaziy jangi esa engil vaznning o'zbekistonlik chempioni Doston Bozorov hamda tojikistonlik Fazliddin Madrahimov o'rtasida kechadi.
Malumot uchun, Amirxon Alixo'jaev faoliyati davomida hozirga qadar 16 ta jang o'tkazib, 11 g'alaba va 5 mag'lubiyat qayd etgan. Manuel dos Santos hisobida esa 12 g'alaba va 6 ta mag'lubiyat bor.