Evra 23 may kuni Parijdagi PFL musobaqasida MMAda debyut qilishi haqida xabarlar tarqalgandi. Hali uning raqibi va vazn toifasi aniqlanmagan.
"Bu haqiqatmi-yo'qmi, bilmayman, lekin menga Suaresning menejeri PFL bilan bog'langani haqida aytishdi. Bu men uchun kutilmagan xabar edi. Balki, ular kelib, mening debyut jangimni tomosha qilishni xohlashar.
Luis hali futbol o'ynayapti, oktagonda esa jarohat olish mumkin. Agar u men bilan may oyida jang qilishga rozi bo'lsa, hayron qolaman. Ammo, shunga qaramay, bunday jang bo'lib o'tish ehtimoli bor", — dedi Evra.