SportUz.Net

O'zbekistonlik ikki aralash yakkakurash ustasi MMA Series 90 turnirida jang qiladi

02.05.2025 08:00    


Rasmni yuklab olish

24 may kuni Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida MMA Series 90 turniri o'tkaziladi.

Oqshomning markaziy jangi mezbon yurt vakili Nikita Barxatov hamda braziliyalik Israel Figeyra o'rtasida yarimengil vazn toifasi chempionlik kamari uchun o'tkaziladi.

Biz uchun ahamiyatlisi, turnir doirasida o'zbekistonlik ikki MMA jangchisi — Asliddin Eshonqulov (5-0-0) va Islom Kamoldinov (9-11-0) rossiyalik sportchilarga qarshi navbatdagi janglarini o'tkazishadi.

27 yoshli Asliddinga engil vazn toifasida tashkil etiladigan bellashuvda Dmitriy Mixailidi (10-6-0) raqiblik qiladi. Jang asosiy karddan o'rin olgan. Islom Kamoldinov esa bu safar Igor Konstantinov (4-7-0)ga qarshi oktagonga chiqadi.

Turnirning to'liq kardi:



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: