Tayson ringga chiqishda davom etishi uchun hech qanday yaxshi sabab ko'rmayapti.
“Men oladigan yagona narsa bu - pul. Demak, bu jangdan 100 million dollardan ko'proq ishlab topaman. Agar uni sarf qila olsam, menga undan ko'prog'i nega kerak? Mayk Tayson yarim milliard, Evander Xolifild 400 million dollar va hokazo sarflaganini bilaman.
Lekin men ular kabi yovvoyi hayot kechirmayman. Men Morekambeda yashayman, bu erda hamma narsa arzon. Masalan, qimor o'yinlariga minglab dollar pul sarflashimga sabab bo'ladigan odatlarim yo'q. Men hech qachon pulimni havoga sochmayman.
Xo'sh, nega men boksda uzoq vaqt qolib, jarohat olganlardan biri bo'lishim kerak? Nima uchun? Men og'ir vazn toifasida mag'lub bo'lmagan jahon chempioni sifatida birinchi o'rinni egallamoqchiman. Men Gollivud'dagi Netflix'da hujjatli film suratga olishni, yaxshi er, ota va o'g'il bo'lishni xohlayman. Va eng muhimi, men baxtli bo'lishni istayman", - dedi Fyuri.