SportUz.Net

"Amerikaliklar UFC'ga kirishi osonroq. Men Jonsning rekordini urgan bo'lardim" - Valentina SHevchenko

17.06.2025 09:15    


Rasmni yuklab olish

Valentina SHevchenko amerikaliklar uchun UFC’ga kirish osonroqligini takidladi.

— Jon Jonsning UFC’da 17 ta titulli g'alabasi bor, sizda esa — 10 ta. Siz uning rekordini yangilay olasizmi?

— Hammasi mumkin. Bu sizning kayfiyatingiz va niyatingizga bog'liq. AQSHda tug'ilgan sportchilarning imkoniyatlari ko'proq. Bu nafaqat amerikaliklarga, balki Braziliyada tug'ilganlarga ham tegishli. Ular bu muhitga yaqinroq.

Bizda esa talaygina istedodli sportchilar bor. Ular kundalik mashqlarda o'zini ayamay, kunga uch marta mashq qilishadi. Agar ular UFC’ga kirsa, ko'p narsalarga erishishlari mumkin.

Men 17 marta muaytay, K1, K2 va MMA bo'yicha jahon chempioni bo'lganman. Jon Jons esa darhol UFC’ga kirgan. SHuning uchun unda 17 ta himoya mavjud. Agar men ham darhol kirganimda, hozirda menda "17 + 10" — 27 ta himoya bo'lgan bo'lar edi", — dedi UFC chempioni Valentina SHevchenko.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: