SportUz.Net

Hasanboy Do'smatov prof ringga qaytmoqda. Hamyurtimiz Saken Bibiosinov bilan bir oqshomda jang qiladi

17.06.2025 10:57    


Rasmni yuklab olish

20 iyul kuni Qirg'iz Respublikasining Bishkek shahrida shu nomdagi arenada professional boks oqshomi tashkil etiladi.

Biz uchun ahamiyatlisi, musobaqa doirasida havaskor boksda ikki karra Olimpiada chempioni Hasanboy Do'smatov ham ishtirok etadi. Prof ringdagi ettinchi jangida Do'smatov Filippin vakili Richard Lasponaga qarshi bahs olib boradi.

Malumot uchun, Andijonda tug'ilgan 31 yoshli Hasanboy hozirga qadar prof ringda 6 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. Yurtdoshimiz so'nggi jangini 2023 yil noyabr oyida Rossiya Federaciyasida JAR vakili Sipxamandla Baleniga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra zafar quchgandi. 

Richard Laspona hisobida esa 8 ta jangda qo'lga kiritilgan 8 ta g'alaba bor. Qizig'i, Qirg'iz Respublikasidagi ushbu turnir doirasidagi jang Laspona uchun Filippindan tashqarida o'tkazgan ilk jangi bo'ladi.

Takidlash joiz, Bishkekdagi boks oqshomida Do'smatovdan tashqari kosta-rikalik Devid Ximenes, qozog'istonlik Saken Bibiosinov hamda Parij Olimpiadasida o'zbekistonlik Akmal Hasanov murabbiyligida ishtirok etgan qirg'izistonlik Munarbek Seytbek Uulu kabi taniqli bokschilar qatnashadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: