SportUz.Net

Germaniyada hali mag'lubiyatga uchramagan bokschi o'ldirib ketildi

17.06.2025 16:39    


Rasmni yuklab olish

CHechenistonlik 39 yoshli bokschi Abu Yusupov Germaniyada pichoqlanib o'ldirildi. Bu haqda Tagesspiegel nashri xabar berdi.

Hodisa 10 iyun, seshanba kuni Berlinning Gezundbrunnen tumanidagi vokzalda yuz bergan. Yusupov o'sha erda kim bilandir tortishib qolgan va nizo paytida bo'yniga pichoq bilan zarba berilgan. Sportchi vafot etgan. Boshqa tafsilotlar hozircha oshkor qilinmagan.

WBC (Jahon boks kengashi) ushbu fojiaga munosabat bildirdi: 

"WBC Abu Yusupovning vafotidan qayg'uda. Uning ortida rafiqasi va uch nafar yosh farzandi qoldi. Abuning mehnatsevarligi va boksga bo'lgan muhabbati uning izini sportda abadiy qoldiradi. Butun WBC oilasi va prezident Maurisio Suleyman Yusupovning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi".

Yusupov professional ringda Germaniya bayrog'i ostida jang qilgan. U 2020 yili debyut qilgan va oxirgi jangini 2025 yil yanvarda Gruziya vakili Georgiy Kandelakiga qarshi o'tkazib, hakamlar qaror bilan g'alaba qozongandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: