SportUz.Net

Usman: "Bundan qutilishim kerak edi"

17.06.2025 18:18    


Rasmni yuklab olish

Kamaru Usman Xenri Sexudo bilan suhbatda o'zining so'nggi mag'lubiyatlar seriyasi haqida gapirdi.

"Sen doim aytasan – ikkovimiz 0-3 klubidamiz. Men bu yukdan xalos bo'lishim kerak edi. Menga nisbatan juda ko'p hurmatsizlik bo'ldi. Meni go'yoki "o'gay bola"dek qabul qilishardi", – dedi Usman Pound4Pound podkastida.

Usman o'zining uchta mag'lubiyatdan so'ng Bakli ustidan qozongan g'alabasi bilan yana qaytganini takidladi.

Bungacha Usman ikki marta Leon Edvardsga, shuningdek Xamzat CHimaevga yutqazgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: