"UFC menga chempionlik uchun jang berishi shart. Oxirgi to'rt jangimdan uchtasida g'alaba qozonganman. O'tgan yili ular uyimga kelib, UFC 300 da Maks Xolloueyga qarshi jang qilishimni iltimos qilishgan. Meningcha, o'sha jang ko'rgazmali edi, reytingga hech qanday aloqasi yo'q.
Islam Maxachevning o'zi men bilan jang qilishni xohlaganini aytgan edi — UFC osongina bu jangni tashkil etishi mumkin edi, lekin ular bunday qilmadi. Keyin u kamarni vakant qoldirdi, chempionlik uchun imkoniyat esa Islamga yutqazgan CHarlz Oliveyraga berildi.
Uni ustiga divizionda yangi bo'lgan jangchiga qarshi! Men yana hech narsaga ega bo'lmadim. SHunchaki vaqtni o'tkazish uchun jang qilishni istamayman", — dedi UFC engil vazn jangchisi Jastin Getji.
UFC on ESPN 69 turniri ishtirokchilari gonorarlari elon qilindi: Usmanda eng ko'pi emas