Bellator promousheni tomonidan tashkil etilayotgan Bellator 255 turnirining asosiy kardida rossiyalik engil vazn toifasi vakili Magomed Magomedov amerikalik Jared Skogginsga qarshi oktagonga ko'tarilishi lozim edi.
Lekin nomalum sabablarga ko'ra Jared jangda ishtirok eta olmaydigan bo'ldi. Ayni paytda promoushen Magomedovga yangi raqib topib berish harakatini boshlagan. Magomed o'tgan yilning dekabr oyida Bellator ligasida debyut qilgan va o'sha ilk jangida Mateus Mattosni mag'lubiyatga uchratgandi.
Malumot uchun, Bellator 255 turnirining markaziy jangi yarim engil vazn toifasida tashkilot chempioni Patrisio Freyre hamda davogar Emmanuel Sanches o'rtasida bo'lib o'tadi. Ushbu turnir doirasida Usman Nurmagomedov ham oktagonga ko'tariladi.
Bivol Beterbiev bilan revansh haqida: "Hakamlarda hech qanday shubha qoldirmasligim kerak"
Bahodir Jalolov: "Ikki-uch oy vaqt berilsa, Usik bilan jang qilishga tayyor bo'laman"