SportUz.Net
iks
ads

Kamshibek Kunkabaev qachon qaytmoqchi ekanligini aytdi

25.12.2025 18:18    


Rasmni yuklab olish

Qozog'istonlik bokschi Kamshibek Kunkabaev professional boksda faoliyatini boshlashi mumkinligini malum qildi.

— Kamshibek, oxirgi bir yilda muxlislar sizni ko'rmay qoldi. Hozir qaerdasiz va nima bilan shug'ullanyapsiz?

— Parijdagi Olimpiadadan keyin rostdan ham yoshlarga yo'l berishga qaror qildim. Katta sportda bo'lganingda oilaga deyarli vaqt qolmaydi: oylab, yillab yig'in va musobaqalarda bo'lasan, bolalarni ko'rmaysan. SHuning uchun hozir bu vaqtni oilamga bag'ishladim, otalik vazifalarimni bajaryapman. Rostini aytsam, bu ham juda ajoyib. Har kuni bolalarimni maktabga olib borib, qaytarib olib kelaman.

— Lekin bu sportdan butunlay ketdingiz, degani emas-ku?

— Umuman olganda, professional boksda faoliyatni davom ettirish niyatim bor. Angliya va AQSHdan takliflar bo'lgan, hozir ularni muhokama qilyapmiz. Yosh o'tishi bilan yirik tashkilotlar katta qiziqish bildirmasligi tushunarli, lekin shunga qaramay, bu yo'nalishda barqaror ishlaydigan kompaniyalar bilan muzokaralar olib boryapmiz. Qanday bo'lishini vaqt ko'rsatadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: