SportUz.Net
iks
ads

WBO Meliqo'zievning vaznida chempionlik jangini belgiladi

25.12.2025 16:45    


Rasmni yuklab olish

Butunjahon boks tashkiloti ikkinchi o'rta vazn toifasida chempionlik jangi tasdiqlanganini elon qildi.

Terens Krouforddan vakant qolgan kamar uchun amerikalik Diego Pacheko hamda Buyuk Britaniya vakili Xamza SHiraz ringga chiqishadi.

Malumot uchun, Pacheko faoliyati davomida 25 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. Xamza SHiraz hisobida esa 22 ta g'alaba va 1 ta durang mavjud.

Ushbu vazn toifasida faoliyat olib boruvchi hamyurtimiz Bektemir Meliqo'ziev WBO reytingida o'n birinchi o'rinda qayd etilgan.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: