SportUz.Net
iks
ads

Kamshibek Kunkabaev qaytmoqchi. U Bahodir bilan jang qiladimi?

25.12.2025 15:18    


Rasmni yuklab olish

Qozog'istonlik bokschi Kamshibek Kunkabaev o'zbekistonlik Baxodir Jalolovning professional faoliyati haqida fikr bildirdi.

— Sizning ko'p yillik raqibingiz, o'zbekistonlik Baxodir Jalolov hozir professional boksda o'zini sinab ko'ryapti. U havaskorlar boksdan ketganidan keyin ko'pchilik endi navbat sizniki, deb hisoblamoqda. Oxirgi jahon chempionatlaridan so'ng bu fikrlar yanada ko'paydi…

— Rostini aytsam, ko'pchilik menga ham shuni aytayapti va yozayapti: "Sening alohida o'rning bor, hali aytadigan gaping bor". Bahodir bilan biz ko'p yillar davomida ringda to'qnash kelganmiz — goh u yutgan, goh men. Albatta, har bir sportchi faoliyatini yorqin g'alaba bilan yakunlashni orzu qiladi. Men ham bunday orzum borligini yashirmayman. Inson qoniqmaydigan bo'ladi: avval chempion bo'lishni xohlaysan, keyin ikki karra, keyin uch karra. Lekin bularning barchasiga turli omillar tasir qiladi.


— Hozir mashg'ulot o'tkayapsizmi?

— Ha, mashg'ulot qilyapman, ammo terma jamoadagidek jadal emas. Asosan sog'liq va formani saqlash uchun.


— Barcha jarohatlar tuzaldimi?

— Xudoga shukr, faoliyatim davomida jiddiy jarohatlar bo'lmagan. Mayda shikastlar davolandi — hozir hammasi joyida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: