SHunday sport turlaridan biri Aralash jang sanatlari sportidir. Bu sportga ko'plab yoshlar qiziqish bildirgan holda barcha hududlarda tashkil etilgan bo'limlarda mashg'ulotlarda ishtirok etishmoqda.
Kuni kecha Namangan shahrida joylashgan “Pahlavon” sport majmuasida viloyat chempionatiga start berilgan edi. Ushbu musobaqada 17-18 yosh va undan katta yoshdagi havaskor sportchilar o'zaro bahs olib borishmoqda.
Musobaqada 90 nafardan ortiq iqtidorli sportchilar 10 ta vazn toifasi bo'yicha g'oliblik uchun kurashishmoqda. Bugun yani 16 mart kuni 15:00da musobaqaning ochilish marosimi hamda final janglari bo'lib o'tadi.
Ushbu musobaqani o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad Aralash jang sanatlari sport turini yanada ommalashtirish, yoshlarni ushbu sport turiga bo'lgan qiziqishni oshirish hamda viloyat va respublikamiz sharafini munosib himoya qiladigan iqtidorli sportchilarni saralab olishdan iborat.
"Bivol chempionlik kamaridan voz kechgani yaxshiroq, Benavides bilan jang bo'lmaydi" - promouter
"Tez orada!". Carukyan UFC'dagi navbatdagi jangini tez orada elon qilishi mumkinligini ishora qildi