Kecha Xaglerning farzandlari otasini Nyu-Gempshirdagi shifoxonalarning biriga og'ir ahvolda olib borishgan. Marvin ko'krak qafasida kuchli og'riq sezgan va nafas olishi qiyinlashgan. SHifoxonaga olib kelinganidan 4 soat o'tib, Xaglerning yurak urishi to'xtagan.
Malumot uchun, Marvin Xagler o'rta vazn toifasi tarixidagi eng yaxshi jangchilardan bo'lgan. 1980-1987 yillarda WBC va WBA, 1983-1987 yillarda esa IBF chempionlik kamarlarini o'zida saqlab turgan. 1983 va 1985 yillarda The Ring jurnali tomonidan "Yil jangchisi" deb topilgan. 1992 yilda Butunjahon boks shon-shuhrati muzeyiga qabul qilingan.
"Unga muxlislik qilaman". Fiziev Islam Maxachevga qarshi kim jang qilishi kerakligini aytdi