SportUz.Net

Nursulton Ro'ziboev g'alabali jangidan so'ng nimalar dedi?

12.03.2021 09:40    


Rasmni yuklab olish

Kecha MMAchimiz Nursulton Ro'ziboev Bahraynda o'tkazilgan turnirda franciyalik Ibrohim Maneni texnik nokautga uchratdi.

Sportchimiz ushbu g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bu munosib raqib edi, u bahsga besh kun qolganida jang qilish uchunrozilik berdi. SHu tomondan unga qiyin bo'ldi. Biz boshqa raqibga tayyorgarlik ko'rgandik, lekin vaziyat o'zgarib ketdi.

18 martmi yoki 25 martmi, keyingi turnirda ham qatnashishga tayyorman. Jang berishsa bo'ldi. 


-Raqib grepling, jiu-jitsu va parterda kuchli edi. Buni bilarmidingiz?

-Ha, lekin men ko'proq tik turgan holda jang qiladi deb o'ylagandim. Qiyin vaziyatga tushib qolishimga ozgina qoldi, lekin chiqib keta oldim. 

Uchburchak usulni yaxshi o'zlashtirgandim. Ko'tarib urganda, raqib nafas olishi qiyinlashardi, bu esa deyarli g'alaba degani. Bu jangimda ham shunday bo'ldi. Barchasi Yaratgandan", - dedi Nursulton Ro'ziboev jangdan so'ng. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: