SportUz.Net
photo photo

Lomachenko Kambososga qarshi jang qilishi mumkin

01.12.2021 15:00    


Rasmni yuklab olish

Engil vazn toifasi chempioni Jordan Kambososning promouteri Lu Di Bella mijozining ehtimoliy raqiblari haqida gapirdi.

"Jervonta Devis - ehtimoliy raqiblardan biri. Avvaliga biz bundan keyin nima qilishimiz haqida aniqlashtirib olishimiz kerak. Agar katta janglar haqida o'ylasak - Devis ulardan biri. 

Lomachenko agar Kommini mag'lub etadigan bo'lsa, ehtimoliy raqibimiz bo'lishi mumkin. Ammo bu so'roq ostida. Men Kommining promouteri bo'lganman, u juda ajoyib jangchi. Mazkur jang g'olibi biz uchun variant bo'ladi.

SHuningdek agar ringga qaytadigan bo'lsa, Rayan Garsiya bilan jang bo'ladi", - dedi Di Bella. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: