Musobaqada -85 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Akmaljon Isroilov chorak finalda Ispaniya vakiliga qarshi ringga ko'tarildi.
To'liq davom etgan jangda Akmaljon 5:0 hisobida g'alabaga erishdi va finalga yo'l oldi. Endi u final chiptasi uchun Avstraliya yoki SHotlandiya bokschisiga qarshi jang qiladi.
Akmaljon bungacha Avstraliya vakilini mag'lubiyatga uchratib, chorak finalga chiqqandi.