SportUz.Net
iks
ads

Navbahor Hamidova Jahon chempionati finaliga chiqdi

12.09.2025 23:15    


Rasmni yuklab olish

Britaniyada boks bo'yicha Jahon chempionatining yarim final bellashuvlari boshlandi.

Musobaqaning ayollar o'rtasidagi bellashuvlarida -65 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Navbahor Hamidova yarim finalda Xitoy Taypeyi vakilasi Nien CHin CHenga qarshi ringga ko'tarildi. 

To'liq davom etgan jangda Navbahor 4:1 hisobida g'alabaga erishdi. Endi u 14 sentyabr kuni finalda qozog'istonlik Aida Abikeevaga qarshi ringga ko'tariladi. 

Eslatib o'tamiz, Navbahor bungacha Belgiya va Angliya vakillarini mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga qadar etib kelgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: