Musobaqa doirasida -75 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Fazliddin Erkinboev sobiq bokschimiz, hozirda Ozarbayjon terma jamoasi nomidan musobaqalarda qatnashayotgan Saidjamshid Jafarovga qarshi ringga ko'tarildi.
To'liq davom etgan jangda Fazliddin Erkinboev 4:1 hisobida g'alaba qozondi. Saidjamshid esa musobaqani bronza medali bilan yakunlaydigan bo'ldi.
Malumot uchun, Erkinboev shu kungacha Turkiya va Belgiya vakillarini mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga qadar etib kelgandi.
Erkinboev endi finalda Bolgariya vakiliga qarshi jang qiladi.