SportUz.Net
photo photo

Kambosos: "Lopesni bir necha oy oldin psixologik tomonlama sindirgandim"

30.11.2021 09:40    


Rasmni yuklab olish

Engil vazn toifasi chempioni Jorj Kabosos Tefoimo Lopes ustidan qozongan g'alabasi haqida gapirdi.

"Bu bolakayni bir necha oy oldin psixologik tomonlama sindirgandim. Keyin esa matbuot-anjumani va vazn o'lchash marosimida ham shu ishni qildim. Uning bu narsaga ilinib qolishini bilardim, reja ish berdi. 

Lopesni nokdaunga tushirdim, o'ng tomondan ajoyib zarba berdim. Bu jangning ajoyib boshlanishi edi. Bu raqibning harakatlarini o'zgartirib yubordi. 

Uning zarbalarida o'zgacha narsa yo'q edi. 

U meni nokdaunga tushirganida, qandaydir lahza o'zimni nazorat qilishni yo'qotdim, chunki juda qattiq hayajonlandim. U meni yaxshi zarba bilan ushlab oldi, ammo o'rnimdan turdim va raundni yakunlab qo'ydim", - dedi Kambasos. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: