SportUz.Net
photo photo

Emelyanenko - Marsio Santos jangi birinchi raunddayoq yakunlandi

28.11.2021 08:00    


Rasmni yuklab olish

Rossiyaning Siktivkar shahrida navbatdagi MMA oqshomi bo'lib o'tdi.

AMC Fight Nights 106 turniri doirasida rossiyalik taniqli MMA jangchisi Aleksandr Emelyanenko braziliyalik Marsio Santosga qarshi oktagonga ko'tarildi. Jang birinchi raund yakunlanishiga bir daqiqa qolgan bir paytda to'xtatildi. Marsio raqibi parterda bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratdi. 

Bu Emelyanenkoning ketma-ket qabul qilib olgan ikkinchi mag'lubiyati bo'ldi. Aleksandr o'tgan yili hamyurti Magomed Ismailovga ham imkoniyatni boy berib qo'ygan edi. Marsio Santos g'alabasidan so'ng aynan Magomed Ismailovga "vyzov" tashladi. Magomed turnirni bevosita arenada kuzatib borayotgan edi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: