Sobiq ko'cha jangchisi bu haqida sport sharhlovchisi SHamatkar Sandga bergan intervyusida aytib o'tdi.
"Hozir bor etiborimni avgust yoki sentyabrda bo'lib o'tadigan chempionlik jangiga qaratganman. Aslida, aynan sentyabr oyida bo'lishi haqida bizga shunchaki xabar berishgan, shuning uchun siz bu haqida biladigan ikkinchi odamga aylandingiz. Omad shunday bo'lsa kerak. Ko'plab ommaviy axborot vositalari buni birinchi bo'lib sizga aytganimdan g'azablanishadi", - dedi Masvidal.
Masvidal The Ultimate Fighter loyihasida ishtirok etishini tasdiqlamadi, ammo jang sanasini hisobga olsak, bilvosita, shouning keyingi mavsumda amalga oshishi haqidagi malumotlar tasdiqlanadi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning iyul oyida Xorxe Masvidal Kamaru Usman bilan 5 raundlik jang o'tkazgan va hakamlarning yakdil qarori bilan yarim o'rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioniga mag'lub bo'lgandi. SHundan so'ng chempion UFC 258 turnirida Gilbert Byornsni uchinchi raundda texnik nokautga uchratib, yana bir bor kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi.