SportUz.Net
photo photo

Bektemirni mag'lub etgan Rosado Xayme Mungia bilan jang qiladi

17.09.2021 11:00    


Rasmni yuklab olish

WBC Derevyanchenko - Mungia saralash jangini kechroq muddatga qoldirdi.

WBC bugun, 17 sentyabr kuni o'tkazilishi belgilangan tender savdolarini bekor qildi va ukrainalik sobiq davogar Sergey Derevyanchenko hamda Xayme Mungia o'rtasidagi saralash bahsini keyinroq muddatga qoldirdi.

Malum qilinishicha, Mungiaga joriy yilning oktyabr oyida Gabriel Rosadoga qarshi jang o'tkazish imkoniyati beriladi, Mungianing promouterlari shu yozda Rosadoning Bektemir Meliqo'ziev ustidan qozongan g'alabasidan keyin aynan ular ushbu jangga haqli ekanliklari haqida gapira boshlashdi. Malumotlarga qaraganda, Mungia - Rosado jangi 23 oktyabr kuni DAZNning Boxing Night'ida bo'lib o'tadi.

WBC keyinchalik Mungia va Derevyanchenko o'rtasidagi saralash jangiga qaytadi, uning g'olibi o'rta vazn toifasida WBC chempioni Jermell CHarlo uchun majburiy raqib bo'ladi.

"WBC Xayme Mungianing oktyabr oyida Rosadoga qarshi shartnoma bo'yicha jang o'tkazishi haqidagi so'rovini tasdiqlaganini malum qildi. Keyin esa Derevyanchenkoga qarshi oxirgi saralash bahsi bo'lib o'tadi", - deydi WBC prezidenti Maurisio Sulaymon o'zining Tvitter sahifasida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: