Bugun musobaqa doirasida eng og'ir vaznli bokschimiz Bahodir Jalolov ikkinchi jangini o'tkazdi.
Ushbu bahsda hamyurtimizga turkiyalik Berat Achar raqiblik qildi. Jang to'liq davom etdi va unda Jalolov to'liq ustunlikka erishgan holda, 5:0 hisobida g'alaba qozondi.
Mazkur g'alaba orqali Bahodir Jalolov musobaqaning yarim finaliga yo'l oldi.