
"Arman Carukyan faol bo'lish uchun talab etiladigan hamma narsani qilyapti, deb hisoblayman. Bu yigit dunyodagi eng yaxshi engil vaznli sportchi bo'lishi mumkin. Islam boshqa vaznga o'tganidan beri juda kuchli ko'rinmoqda. Uning gabariti katta, o'zi kuchli, jismonan juda baquvvat", - dedi Korme Red Corner MMA portali tarqatgan videoda.
SHuningdek, sobiq chempion engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Iliya Topuriyani alohida takidlab, bugun aynan u va Carukyan MMA bo'yicha jahon cho'qqisida turganini aytib o'tdi.
"Iliya Topuriya - ajoyib chempion. O'ylashimcha, Iliya va Arman hozirda dunyoning eng yaxshi ikki jangchisi. Kun kelib ular albatta o'zaro jang o'tkazishlari kerak", - deya takidladi Korme.
Danielning so'zlariga ko'ra, Carukyan va Topuriya o'rtasidagi potencial qarama-qarshilik juda ham qiziq.
"Peddi Pimblett yaxshi, Jastin Getji ham, lekin Arman va Iliya o'rtasidagi jang anchagina qiziq. Nafaqat mahorat bobida - ularning jangi atrofida haqiqatan ham katta voqea qurish mumkin. Arman shunchaki fantastik jangchi. U Den Xuker bilan jangda ham ajoyib ko'rinishga ega edi", - deya so'zlariga yakun yasadi DC.

Bugun Toshkentda prof boks oqshomi o'tkaziladi. Markaziy jangda Erkebulan Toktar ringga chiqadi
Ankalaevning menejeri: "Pereyra Magomed bilan uchinchi jangni istamayapti, ammo biz..."