
Oqshomning asosiy jangida yarim engil vazn toifasida UFC chempioni kelib chiqishi makedoniyalik, hozirda Avstraliya sharafini himoya qilayotgan 37 yoshli Aleksandr Volkanovski hamda UFC reytingida ikkinchi o'rinni egallab turgan braziliyalik Diego Lopes o'zaro to'qnash keladi. Ushbu jang revansh maqomida bo'ladi.
Malumot uchun, 12 aprel kuni UFC 314 turniri doirasida bo'lib o'tgan birinchi jangda Volkanovski Lopesni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etgandi. Aleks hisobida 27 g'alaba va 4 mag'lubiyat bor. O'z navbatida, Lopes 13 sentyabr kuni bo'lib o'tgan UFC Fight Night 259 turnirida Jan Silvani texnik nokaut bilan mag'lub etdi.

Bugun Toshkentda prof boks oqshomi o'tkaziladi. Markaziy jangda Erkebulan Toktar ringga chiqadi
Ankalaevning menejeri: "Pereyra Magomed bilan uchinchi jangni istamayapti, ammo biz..."