
Musobaqa doirasida -63 kg vaznli bokschimiz, O'zbekiston chempioni Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev bugun uchinchi jangini o'tkazdi.
Mazkur bahsda hamyurtimizga braziliyalik Vanderson de Oliveyra raqiblik qildi. Asadxo'ja jangda faollik ko'rsatdi va yakunda 5:0 hisobida g'alabaga erishib, yarim finalga yo'l oldi.
Eslatib o'tamiz, birozdan so'ng musobaqa doirasida Dilshod Ro'zmetov va Bahodir Jalolov kabi bokschilarimiz o'zlarining navbatdagi janglarini o'tkazishadi.
Guskov bilan durang qayd etgan Yan Blaxovich Jamal Xillga "vyzov" tashladi va darhol javobini oldi