SportUz.Net
iks
ads

Karim Benzema JCHda o'ynashga qarshi emas

12.12.2025 14:30    


Rasmni yuklab olish

"Al Ittihod" hujumchisi Karim Benzema JCH-2026da Franciya termasi tarkibida o'ynashga qarshi emas.

"Kim Jahon chempionatida o'ynashni istamas ekan? Barcha futbolchi buni xohlaydi.

Futbol va musobaqalashishni yaxshi ko'raman. SHu sababli Franciya termasi bilan Jahon chempionatiga borish imkoniyati tug'ilsa, men rad javobini beraman desam, yolg'onchiga chiqib qolaman. Agarda meni chaqirishsa, o'ynayman. Menda hali ham ambiciyalar yuqori.

Futbolni, g'alabalarni, sovrinlar yutishni sevaman. Bu men uchun eng muhimi. Hozir men jamoam bilanman. Termaga chaqirishsa, o'ynashga tayyorman. Bu mendan talab qilinadigan yagona narsa", - dedi Benzema.

Benzema terma jamoadoshi Mate Valbuena bilan bo'lgan mojarodan keyin 2015 yilda termadan chetlatilgandi. 2021 yilda u milliy jamoaga chaqiruv oldi. 2022 yilda esa Karim termadagi faoliyatini yakunlaganini elon qilgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: