SportUz.Net
iks
ads

Uaylder Usikka qarshi jang bo'yicha muzokaralarning borishi bilan o'rtoqlashdi

12.12.2025 11:57    


Rasmni yuklab olish

Superog'ir vaznda sobiq WBC chempioni, amerikalik 39 yoshli Deontey Uaylder ukrainalik 38 yashar chempion Aleksandr Usik bilan jang bo'yicha olib borilayotgan muzokaralar haqida gapirdi.

"Biz ushbu jangni muhokama qilishning yangi bosqichiga o'tganimiz aniq. Boks - bu biznes va har doim ham kelishuvga erishib bo'lmaydi. Lekin hozir biz Usik bilan muzokara olib boryapmiz va bu haqiqat. Men bu jangni kutyapman. Yakuniy tasdiqni olgach, juda xursand bo'laman va tayyorgarligimni boshlayman.

Usikning tanlovidan xayron qoldimmi? Unchalik emas. 50 ga 50. To'g'risini aytsam, faoliyatim davomida menga kamdan-kam odam imkoniyat berardi, ularning barchasi mening zarbamdan qo'rqishardi. Ammo yutqazishni boshlashim bilan men bilan ringga chiqmoqchi bo'lganlar paydo bo'ldi", - deya Uaylderning so'zlarini keltiradi talkSPORT.

Malumot uchun, Deontey Uaylder professional bokschi sifatida 2008 yilning noyabridan beri ringga ko'tarilib kelmoqda. Uning rekordida 44 g'alaba, to'rtta mag'lubiyat va bitta durang bor.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: