SportUz.Net
iks
ads

Umar Kremlyov: "IBA World Boxing'ga yordam berishga tayyor"

12.12.2025 12:39    


Rasmni yuklab olish

IBA prezidenti Umar Kremlyov Gennadiy Golovkin boshchiligidagi World Boxing tashkilotiga yordam bermoqchi.

"Ularga omad va rivojlanish tilayman. Ularda pul bilan bog'liq muammo borligi haqida eshitdim. IBA esa ularga moliyalashtirish borasida yordam berishga tayyor. Biz bokschilarda cheklovlar bo'lmasligi tarafdorimiz. Bokschilar ularning musobaqasida ham, prof ringda ham, IBAda ham jang qilaverishsin. 

Boksda cheklovlar bo'lmasligi kerak. Barchada imkoniyat bo'lishi lozim. Bizning musobaqada professionallar ham jang qilishadi. CHunki bokschilarning o'zi tanlovni qilishi lozim. Raqobatda barchasini ko'rsatish lozim", - dedi Kremlyov. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: