SportUz.Net
iks
ads

IBA Jahon chempionatimi yoki Rossiya birinchiligi? 13 rus bokschisidan 12 nafari finalda!

12.12.2025 09:03    


Rasmni yuklab olish

BAAning Dubay shahrida o'tkazilayotgan boks bo'yicha IBA Jahon chempionatidagi hakamlik bo'yicha ishtirokchi davlatlar tomonidan etirozlar bo'lmoqda.

Ayrim janglarda rossiyalik bokschilarga yon bosilayotgani haqidagi xabarlarga duch kelyapmiz. IBA Jahon chempionati Umar Kremlyov tomonidan o'tkaziladi va asosan rus kompaniyalari tomonidan moliyalashtiriladi. Musobaqada ishtirok etayotgan 13 rossiyalik bokschidan 12 nafari finalga yo'l oldi. 

Ha, rus charm qo'lqop ustalari kuchli, tarkibida jahon va Evropa chempionlari bor. Ammo ayrim janglarda hakamlar tomonidan yon bosish holatlari ham ko'zga tashlanayotgani aytilmoqda. Birgina 57 kg vazn toifasidagi amaldagi Rossiya chempioni Andrey Peglivanyan 1/2 finalda qozog'istonlik Orazbek Assilkulovga imkoniyatni boy berib, jahon chempionatining bronza medali bilan kifoyalandi.

Finalga yo'l olgan rus bokschilari:

-48 kg — Edmond Xudoyan;

-51 kg — Bair Batlaev;

-54 kg — Vyacheslav Rogozin;

-60 kg — Vsevolod SHumkov;

-63,5 kg — Ilya Popov;

-67 kg — Evgeniy Kool;

-71 kg — Sergey Koldenkov;

-75 kg — Ismail Mucolgov;

-80 kg — Jambulat Bijamov;

-86 kg — SHarabutdin Ataev;

-92 kg — Muslim Gadjimagomedov;

+92 kg — David Surov.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: