
Musobaqada -80 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Javohir Ummataliev yarim finalda ikki karra Olimpiada chempioni, Kuba vakili Arlen Lopesga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang to'liq davom etdi va unda Javohir Ummataliev 5:0 hisobida g'alabaga erishib, finalga yo'l oldi.
Eslatib o'tamiz, Javohir bungacha Seyshel Orollari, Gaiti, Qirg'iz Respublikasi va Serbiya bokschilarini mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga qadar etib kelgandi.
Endi bokschimiz finalda Rossiya yoki Ispaniya vakiliga qarshi ringga ko'tariladi.
JCH-2025. Qaysi mamlakat necha bokschi bilan JCH finaliga etib keldi? O'zbekiston nechanchi o'rinda?