
Musobaqada eng og'ir +92 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Arman Maxanov ilk jangini IBA-PRO 2 jamoasi ostida ishtirok etayotgan Andre Kristofer Tompsonga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang 3-raundda to'xtatildi. Bokschimizning kuchli zarbasidan so'ng referi jangni to'xtatishga qaror qildi. Bungacha Maxanov 2-raundda raqibini nokdaun holatiga ham tushirib qo'ygandi.
Endi bokschimiz ikkinchi jangini Keniya yoki Belarus vakiliga qarshi o'tkazadi.
Eng og'ir vaznli bokschimiz Arman Maxanovning JCHdagi debyuti muddatidan oldin yakunlandi