
Musobaqada -67 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan jahon chempionimiz Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev ilk bosqichda Bagam Orollari vakili Rashield Uilyamsga qarshi ringga ko'tarildi.
To'liq 3 raund davom etgan jangda Asadxo'ja katta ustunlikka erishdi va raqibini 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Endi Mo'ydinxo'jaev navbatdagi jangini Italiya yoki Armaniston (IBA-PRO) vakillaridan biriga qarshi o'tkazadi.
Malumot uchun, Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev bungacha 2023 yili IBA shafeligidagi JCHda, 2025 yili esa World Boxing tashkilotining Jahon chempionatida oltin medallarni qo'lga kiritgan.
Eng og'ir vaznli bokschimiz Arman Maxanovning JCHdagi debyuti muddatidan oldin yakunlandi