
Musobaqada -80 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Javohir Ummataliev kecha ilk jangida Seyshel Orollari vakili D.Fanchitteni mag'lubiyatga uchratgandi.
Bugun bokschimiz ikkinchi davrada Gaiti vakili Sedrik Beloni-Dulieprega qarshi ringga ko'tarildi.
Javohir jang davomida to'liq ustunlikka erishdi va 5:0 hisobida g'alabaga erishdi.
Endi Javohir navbatdagi jangini Qirg'iziston vakili Omurbek Bekjigit uuluga qarshi o'tkazadi.
Eng og'ir vaznli bokschimiz Arman Maxanovning JCHdagi debyuti muddatidan oldin yakunlandi