
24 yanvar kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida o'tkaziladigan ushbu turnir doirasida engil vazn toifasi jangchilari Maykl Jonson va Aleksandr Ernandes o'zaro oktagonda to'qnash keladi.
Malumot uchun, 39 yoshli Maykl Jonson shu yilning iyul oyida ketma-ket uchinchi g'alabasini qo'lga kiritgandi. U hakamlarning yakdil qarori bilan Daniel Zellxuberni taslim etgan edi. 33 yashar Aleksandr Ernandes esa to'rtta g'alabali seriya bilan kelmoqda. Ernandes sentyabr oyida Diego Ferreyrani ikkinchi raundda texnik nokautga uchratgandi.
Hozirda Jonson ham, Ernandes ham UFC engil vazn toifasi jangchilari reytingining Top-15`taligiga ham kirmagan.

Eng og'ir vaznli bokschimiz Arman Maxanovning JCHdagi debyuti muddatidan oldin yakunlandi