
Ukrainalik chempion ushbu jang uchun Jahon boks kengashi (WBC)dan ruxsat oldi. Bu haqda WBC prezidenti Maurisio Sulaymon Sky Sports’ga bergan intervyusida malum qildi.
"Deontey Uaylder reytingda 8 yoki 9-o'rinni egallab turibdi. SHu boisdan u Aleksandr Usikka qarshi ringga chiqishni istasa, unda davogarlik qilish huquqi bor. Usik kamarini ixtiyoriy himoya qilish uchun ariza berdi va bugun u tashkilot tomonidan maqullandi", - dedi Sulaymon.
IBF ham Usikning Uaylder bilan jang qilishiga qarshi emas.
"IBF kamarini majburiy himoya qilish muddati kelgan taqdirdagina bu biz uchun muammoga aylanadi. Hozirgi holatda biz bunga qarshi emasmiz", - deydi IBF rasmiy vakili.
SHu hafta boshida ukrainalik bokschi faoliyatini yakunlamoqchi emasligi va keyingi raqibi amerikalik Deontey Uaylder bo'lishini xohlayotganini aytgandi. Sobiq jahon chempioni Deonteyning jamoasi ham bu taklifni katta ishtiyoq bilan qabul qildi.

Eng og'ir vaznli bokschimiz Arman Maxanovning JCHdagi debyuti muddatidan oldin yakunlandi