SportUz.Net
iks
ads

JCH-2025: Sayat Ilyasov falastinlik raqibini muddatidan oldin mag'lub etdi

04.12.2025 22:21    


Rasmni yuklab olish

Birlashgan Arab Amirliklarida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionati boshlandi.

Musobaqada -63,5 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Sayat Ilyasov ilk bosqichda Falastin vakili Anas Sleymanga qarshi ringga ko'tarildi. 

Jang 2-raunddan so'ng to'xtatildi. Bokschimizning mutlaq ustunligidan so'ng falastinlik bokschining murabbiylari 2-raunddan so'ng jangni davom ettirmaslikka qaror qilishdi. Sayat jang mobaynida raqibini nokdaun holatiga ham tushirib qo'ya oldi. 

Endi Ilyasov ikkinchi bosqichda Qirg'iz Respublikasi vakili O.Livazaga qarshi jang o'tkazadi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: