SportUz.Net
iks
ads

"Senda boshqa tashkilotlardan ustun bo'lgan nima bor?". Terens Krouford WBC rahbariga keskin murojaat qildi

04.12.2025 19:18    


Rasmni yuklab olish

Super o'rta vaznning sobiq mutlaq chempioni, amerikalik Terens Krouford WBC uni kamardan mahrum etgani uchun tashkilotni qattiq tanqid qildi.

"Ko'ryapman, Maurisio [Suleyman] meni 300 ming dollar to'lamaganim, undan tashqari yana 100 ming dollar sankciya haqida gapiribdi, shundaymi? Keyin u mendan uzr so'rashimni kutyapti. Meni kim deb o'ylayapsan? O'zingga bir shapaloq urib yubor. Jin ursin, men senga hech narsa to'lamayman.

Qaysi 300 ming dollar haqida gapiryapsan? Seni boshqa tashkilotlardan ustun qilib turadigan nima bor? A? SHu savolga javob ber. WBO, IBF va WBA men berganni qabul qildi, faqat WBC o'zini hammadan yuqori qo'yadi. SHunday emasmi? Bu yashil kamar — hech narsa emas. Asil kamar — bu The Ring kamari. U tekin beriladi, ahmoq. Nima demoqchisan o'zi?" — dedi Krouford ijtimoiy tarmoqlarda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: