
Musobaqada -63,5 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Sayat Ilyasov ilk bosqichda Falastin vakili Anas Sleymanga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang 2-raunddan so'ng to'xtatildi. Bokschimizning mutlaq ustunligidan so'ng falastinlik bokschining murabbiylari 2-raunddan so'ng jangni davom ettirmaslikka qaror qilishdi.
Endi u ikkinchi bosqichda Qirg'iz Respublikasi vakili O.Livazaga qarshi jang o'tkazadi.

O'zbek bokschilari uchun IBA Jahon chempionatidagi yurish boshlandi: ilk jangda oson g'alaba