SportUz.Net
iks
ads

Krouford arzimas sabab tufayli WBC chempionlik kamaridan mahrum bo'ldi va mutlaq chempion unvonidan ayrildi

04.12.2025 10:57    


Rasmni yuklab olish

Amerikalik professional bokschi Terens Krouford Jahon boks kengashi (WBC) kamaridan va super o'rta vazn toifasidagi mutlaq chempionlik unvonidan mahrum qilindi.

Bunga bokschining so'nggi ikkita chempionlik jangi — meksikalik Saul Alvares va hamyurtimiz Isroil Madrimovga qarshi bellashuvlar uchun WBC'ga depozit to'lovlarini to'lamagani sabab bo'ldi.

WBC Kroufordning Alvares bilan jangi uchun 50 million dollarlik gonorar olgani haqida xabar berilganini hisobga olgan holda, unga 3% dan 0,6% gacha chegirma berilganini malum qildi.

"WBC Kroufordga, uning menejeriga va yuridik maslahatchisiga bir nechta xabarlar yubordi. Afsuski, tashkilotimiz bu xabarlarning hech biriga na qabul qilingani haqida tasdiqnoma, na javob oldi. WBC'ning shunday qarorga kelishdan boshqa chorasi yo'q edi", deyiladi tashkilot bayonotida.

14 sentyabr kuni Krouford meksikalik Saul Alvaresni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etib, super o'rta vazn toifasida (76,2 kg) mutlaq chempionga aylangan edi.

Endi ushbu diviziondagi WBC kamari vakant hisoblanadi. Kamar uchun britaniyalik Xamza SHiraz va Kanada vakili Kristian Mbilli bahs olib borishi belgilandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: