SportUz.Net
iks
ads

Saidotaxon Nuriddinov va Abdumalik Yorbo'taev Octagon 82 bonusini qo'lga kiritdi

04.12.2025 12:00    


Rasmni yuklab olish

30 noyabr kuni Qozog'istonning Olma-Ota shahrida MMA bo'yicha Octagon 82 musobaqasi o'tkazilgan edi.

Turnir doirasida jang qilgan ikki o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi — Saidotaxon Nuriddinov va Abdumalik Yorbo'taev kafolatlangan gonorardan tashqari Liganing maxsus bonusiga loyiq ko'rildi.

Musobaqaning ikkinchi asosiy jangida ishtirok etgan Saidotaxon Nuriddinov o'sha kuni qozog'istonlik Rustem Muxatovni, Abdumalik Yorbo'taev esa Eron vakili Majid Sedixni birinchi raunddayoq texnik nokaut orqali taslim etgandi.

Tashkilot odatda mazkur bonus summasi qancha ekanini keng ommaga elon qilmaydi. Lekin SportUz.Net sayti manbalariga ko'ra, bonus miqdori bor yo'g'i 200 dollarni tashkil etadi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: