SportUz.Net
iks
ads

"Prezident Olimpiadasi". Medallar jamg'arish bo'yicha Top-3, turli nominaciyalar, tantanali yopilish marosimi + FOTOREPORTAJ

03.12.2025 23:36    


Rasmni yuklab olish

Deyarli o'n kun davomida poytaxtimizdagi mahobatli "Olimpiya shaharchasi" mezbonlik qilgan "Prezident Olimpiadasi" kompleks musobaqasining tantanali yopilish marosimi o'tkazildi.

Bosh Vazir Abdulla Aripov ishtirok etgan tadbirda turli nominaciyalarda g'olib deb topilganlar o'z mukofotlarini qabul qilib olishdi.

— “Eng yosh iqtidorli sportchilar”

Qamariddin Xudoyberganov (yunon-rum kurashi, Toshkent shahri); Rushanabonu Isoeva (boks, Buxoro viloyati)


— “Rekord natija qayd etgan sportchi”

SHahnoza Haydarova (og'ir atletika, Surxondaryo viloyati)


— “Eng namunali trener”

SHuhrat Alijonov (og'ir atletika, Andijon viloyati)


— “Eng yaxshi hakam”

Dmitriy Kim (taekvondo WT)


— “G'alabaga bo'lgan yuksak irodasi va jamoaviy birdamligi uchun”

Qoraqalpog'iston Respublikasi 


 — “Sportchilarga eng namunali sharoit yaratgan hudud”

Andijon viloyati


— “Og'ir atletika sport turida lider bo'lgan delegaciya”

Surxondaryo viloyati


— “Engil atletika sport turida lider bo'lgan delegaciya”

Sirdaryo viloyati


— “Taekvondo WT sport turi jadal rivojlanayotgan hudud”

Jizzax viloyati


— “Medal jamg'argan sport maktablari eng ko'p bo'lgan hududiy delegaciya”

Farg'ona viloyati 


— “Sport turlari geografiyasini kengaytirishga munosib hissa qo'shayotgan hudud”

Samarqand viloyati


— “Muxlislar mehrini qozongan delegaciya”

Namangan viloyati 


— Ishtirokchilar tarkibida gender tengligi taminlangan delegaciya”

Qashqadaryo viloyati


— “Istiqbolli  delegaciya”

Navoiy viloyati


— “Namunali tashkilotchiligi uchun”

O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi; 

O'zbekiston boks federaciyasi; 

O'zbekiston dzyudo federaciyasi; 

O'zbekiston engil atletika federaciyasi.


Umumjamoa hisobida g'olib va sovrindor bo'lgan hududiy sport delegaciyalari O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov tomonidan taqdirlandi.

1-o'rin: Toshkent shahri (26 ta oltin, 15 ta kumush, 12 ta bronza)

2-o'rin: Toshkent viloyati (18 ta oltin, 8 ta kumush, 30 ta bronza)

3-o'rin: Xorazm viloyati (16 ta oltin, 12 ta kumush, 24 ta bronza).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: