SportUz.Net
iks
ads

Konor Makgregor Pimblett - Getji chempionlik jangi anonsiga ikkita so'z bilan munosabat bildirdi

28.11.2025 14:03    


Rasmni yuklab olish

Yarim engil va engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni irlandiyalik 37 yoshli Konor Makgregor UFC 324 turnirining asosiy jangi haqida gapirdi.

UFC rahbari Dana Uayt engil vazn toifasida Peddi Pimblett va Jastin Getji o'rtasida vaqtinchalik chempionlik kamari uchun jang o'tkazilishini elon qilgandi.

"Gazini bos, Peddi", - deb yozdi Makgregor o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.

Eslatib o'tamiz, Getji aralash yakkakurashlarda 31 ta jang o'tkazib, 26 g'alaba va 5 ta mag'lubiyat qayd etgan. U 8 mart kuni UFC 313 turniri doirasida bo'lib o'tgan so'nggi jangida Rafael Fiziev ustidan g'alaba qozongan edi.

Pimblett esa MMAda 26 ta jang o'tkazgan. Hisobida 23 g'alaba va 3 ta mag'lubiyat bor. U 12 aprel kuni bo'lib o'tgan UFC 314 turnirida amerikalik Maykl CHendlerni mag'lub etgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: