SportUz.Net
iks
ads

Xamzat CHimaev ham, Nassurdin Imavov ham tasdiqladi

28.11.2025 13:42    


Rasmni yuklab olish

Xamzat CHimaev Ramazon oyidan keyin o'rta vazn toifasidagi UFC chempionlik kamarining ilk himoyasini o'tkazadi.

Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan rossiyalik aralash yakkakurash ustasining raqibi Franciya sharafini himoya qilayotgan dog'istonlik Nasurdin Imavov bo'ladi. Ushbu malumotni titul jangining ikkala ishtirokchisi ham ijtimoiy tarmoqlardagi sahfasida tasdiqladi.

"UFC bilan yaxshi suhbat bo'ldi. Men ularga faqat kamar uchun jang qilishimni aytdim! Kutish kerak bo'lsa, kutamiz. Boshqa aylanma yo'llar yo'q. Buyuk narsalar buyuk tayyorgarlikni talab qiladi. SHak-shubha qilmang, men tayyorman! Men kutishga odatlanmaganman, lekin bu safar kutishga to'g'ri keladi", - deb yozdi Imavov.

"Ramazondan keyin ko'rishamiz, Imomov. Senda o'z kurashing ustida ishlashing uchun vaqting bor, uka!", - deb chorlovsha javob berdi CHimaev.

Eslatib o'tamiz, Xamzat CHimaev joriy yilning avgust oyida Liga bayrog'i ostidagi to'qqizinchi jangida janubiy afrikalik Drikus Dyu Plessini hakamlarning yakdil qarori evaziga mag'lub etib, o'rta vaznda yangi UFC chempioniga aylangandi. Nassurdin Imavov esa sentyabr oyida davogarlik jangida braziliyalik Kayo Borralloni ochkolar hisobiga ko'ra engib, ketma-ket beshinchi g'alabasini qo'lga kiritgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: