
Promoushen matbuot xizmati ushbu oqshomning yana bir jangini rasman elon qildi. Yarim engil vazn toifasida britaniyalik Arnold Allen braziliyalik Jin Silvaga qarshi oktagonga chiqadi. Ushbu jang UFC 324 turniri kardini to'ldirdi.
Allen so'nggi jangini o'tgan yilning iyul oyida o'tkazib, hakamlarning yakdil qarori bilan Giga CHikadzeni mag'lub etgandi. Bu bilan u Maks Xollouey va Movsar Evloevdan qabul qilib olgan mag'lubiyatlarini yopgandi. Jin Silva esa shu yilning sentyabr oyida hamyurti Diego Lopesga ikkinchi raundda texnik nokaut evaziga imkoniyatni boy bergan edi. U Lopesga qadar o'tkazgan beshta jangida muddatidan oldin g'alaba qozongandi.

Peddi Pimblett Getji bilan chempionlik jangi anonsidan so'ng Arman Carukyanga murojaat qildi
Konor Makgregor Pimblett - Getji chempionlik jangi anonsiga ikkita so'z bilan munosabat bildirdi
Carukyan UFC anonslari hamda Topuriya bilan chempionlik jangi berilmaganiga munosabat bildirdi